Sat. Apr 20th, 2024

1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” dasturi ijrosi bo‘yicha biriktirilgan pudratchilar bilan suhbatda bo‘ldi.

Ayni paytda “Shikorbegi” mahallasiga “Qo‘qoninshootkurilma” korxonasi, “Zilol” mahallasiga “Ta’mirlashtiklash” DUK, “Nurafshon” mahallasiga “Grandstroylayn” MChJ, “Rayxon” mahallasiga “Qo‘qoninshootkurilma” korxonasi va “Davronbek” mahallasiga “Melioratorqurilishta’mir” korxonasi biriktirilgan.

Shahar hokimi pudratchilarga yo‘l haritalarida belgilangan ishlarni yanada jadallashtirish, ishlarni sifatli qilib bajarish talabini qo‘ydi.