Fri. Apr 26th, 2024

Qo‘qon shahrida turli soha mutasaddilaridan tashkil topgan ishchi guruhlar noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida qonuniy faoliyatini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ko‘chalar kesimida faoliyat olib borayotgan ishchi guruhlar vakillariga tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan tadbirkorlarning faoliyatini tiklashda ko‘maklashish yuzasidan vazifalar belgilab berdi

Sektorlar rahbarlari, mas’ul mutasaddilar ishtirokida Marufjon Usmonov ham targ‘ibot ishlarida ishtirok etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar, ovqatlanish muassasalari rahbarlariga qonuniy faoliyat olib borilishi lozimligi tushuntirildi.