Sat. Jun 22nd, 2024

Namunali soliq to‘lovchi unvoniga ega mahallalar fuqarolarining tabiiy gaz, elektr ta’minoti, yo‘l ta’miri, ijtimoiy infrastruktura bilan bog‘liq masalalari birinchi navbatda hal etiladi. Yer va mulk solig‘idan tushgan mablag‘ mahallani o‘ziga sarflanadi.

Qo‘qon shahrida mutasaddilarga “mahallabay ishlash” bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari mahalla tizimi, kommunal idoralar, mutasaddilariga qishki mavsumga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, aholi o‘rtasida kommunal qarzdorliklar, yer va mulk solig‘i bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, yoqilg‘i zahirasini yaratish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

Marufjon Usmonov namunali soliq to‘lovchi mahallalar chellendjini e’lon qildi. Chellendj natijasiga ko‘ra tanlab olingan 10 ta mahallada barcha ijtimoiy muammolar birinchi navbatda hal etiladi.