Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Marufjon Usmonov Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shahar hokimi Furqat bog‘ida o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturini yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash, bayram tadbirida ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.