Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ravshanjon Begmetov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar hokimligi apparat xodimlari va ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar Konstitusiyamizda “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyillarini mustahkamlash, islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitusiyaviy darajaga ko‘tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatayotganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Ravshanjon Begmetov konstitusiyaviy islohotlar, Konstitusiyaviy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan aholi fikr va takliflarini qabul qilish va o‘rganish jarayonlari, “insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasi tayyorlangani xususida ma’lumot berdi.

 

Muhokamada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlar xususida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Click to listen highlighted text!