Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan mahalla raislari va ularning maslahatchilari uchun “Mahalla raisi-islohotchi” tamoyilini amaliyotga joriy etish hamda “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

 

Marufjon Usmonov Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olg‘a surilgan “Mahalla raisi-islohotchi” tamoyili ijtimoiy muammolarni eng quyi tizimda samarali hal etish, mahalla raislarini zamon talablariga javob beradigan menedjerlar darajasiga ko‘tarish imkonini berganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shahar hokimi ishtirokchilarning o‘quv seminarlarida oladigan ko‘nikmalari Qo‘qon shahrida mahalla tizimi faoliyatini yanada yuksak saviyada tashkil etishga sharoit yaratishiga ishonch bildirdi.