Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilishda Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov ham mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.