Thu. May 23rd, 2024

Xususan “Kalvak” maxallasida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida maxallalardagi xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Tarbiyaning bosh maktabi–ota-ona ibrati” loyihasi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Qo‘qon shahar xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mahalla tizimi mutasaddilari, “Oqila ayollar” jamoat harakati a’zolari, mahalladagi faol ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, oilaviy qadriyatlar, ta’lim tarbiya mavzusida viktorina tashkil etildi.

Tadbirda mahalladagi katta hayotiy tajribaga ega, ko‘plab munosib farzandlar tarbiya qilgan onaxonlar oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi xususida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mahalla hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim olayotgan bolajonlar tomonidan namoyish etilgan milliy raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.