Yig‘ilishda sektor rahbarlari jaxondagi pandemiya bilan bog‘liq murakkab vaziyat, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilingan yangi vaqtinchalik cheklovlar xususida ma’lumot berdilar.
Jamoat joylari, bozorlar, jamoat transportida karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, bu borada ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda va tarqatma materiallar yordamida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sog‘liqni saqlash muassasalariga klinik shifokorlar va patronaj xizmati hamshiralari yordamida fuqarolarni sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish, gigiena qoidalari va karantin tartiblarini tushuntirish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirildi.