Fri. Dec 1st, 2023

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, ta’lim sohasi mutasaddilari “Koinot” bolalar oromgohida birinchi smenaning boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdilar.

Madhiya yangrab, O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng Marufjon Usmonov bolalar bilan muloqot qilib, oromgohda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, oromgohda yozgi ta’tilga keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Sport maydonlari, chimlar, basseyn, bino va inshotlarning tashqi fasadi va ichki qismi ta’mirlanib, ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi.