Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Turkiy Kengash turizm vazirlari uchrashuvi oldidan Jome’ majmuasidagi hunarmandlar ustaxonalarini zarur anjomlar bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Shu kunga qadar, hunarmandchilik ustaxonalari pavil’onlarning kirish qismiga ko‘chirildi, devorlar somon suvoq qilinib, shift qismlari Xalqaro hunarmandchilik festivali g‘olibi – Muhammadali Yunusov boshchiligidagi o‘ymakorlar guruhi tomonidan milliy uslubda bezatildi.

 

Jome majmuasidagi Amaliy san’at muzeyi ham ta’mirlandi, eksponatlar namoyish etiladigan vitrinalar, inter’er anjomlari yangilandi.

 

Ayni paytda davom etayotgan ishlarda mahalliy hom ashyolardan tayyorlangan qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Ustaxonalardagi suv, gaz, elektr ta’minoti borasidagi masalalar hal etilmoqda.