Davlatimiz rahbari tomonidan muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni keng joriy etish bo‘yicha olg‘a surgan tashabbuslari ijrosi doirasida Qo‘qon Mexanika zavodida quyosh va shamol energiyasi generatorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilgan edik.
Rossiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan uskunaning quyosh panellari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsada, ob-havo sharoitlari tufayli shamol energiyasi generatorlari sinab ko‘rilmagan edi.
Bugungi shabodali ob-havo ushbu uskunani sinovdan o‘tkazishga imkon berdi, Qo‘qon tarixida ilk bor shamoldan energiiya ishlab chiqarildi.
Tez kunlarda ushbu uskunalarni katta miqdorda ishlab chiqarish va mamlakatimizning barcha hududlari hamda qo‘shni mamlakatlarga yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘qon shahrining iqtisodiy salohiyatiga yana bitta innovasion soha qo‘shildi.