Mon. Mar 4th, 2024

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati viloyatimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Qo‘qon shahar Kar-soqovlar jamiyati g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qo‘qon shahar hokimi barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar hususida to‘xtalib o‘tdi.

Musobaqa g‘oliblari va barcha ishtirokchilarga Qo‘qon shahar hokimining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimi so‘nggida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va bir qator mutasaddilarga imkoniyati cheklangan fuqarolar, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respubikasi nogironlar assossiatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limining Tashakkurnomalari topshirildi.