Thu. Apr 18th, 2024


Tunggi paytda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalaridagi issiqlik tizimi, qozonxonalar, binolar va sinfxonalar ichidagi haroratni nazoratdan o‘tkazmoqda.

Ijtimoiy ob’ektlardagi muammolarni bartaraf etishga barcha mas’ul xizmatlar va mutasaddilar jalb etilgan. Qozonxonalarni sifatli yoqilg‘i, generatorlar va zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha ishchi kuchi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Ayniqsa maktablar va maktabgcha ta’lim muassasalari shahar hokimining alohida diqqat e’tiborida bo‘lib, o‘quvchilar issiq xonalarda ta’lim olishlari uchun barcha kuch va vositalar jalb etilmoqda.

Bugun, tungi soat 12 dan so‘ng ijtimoiy ob’ektlar yana bir bor ko‘rib chiqiladi.