Fri. Apr 19th, 2024

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Hasanov hamda “Musiqali teatr aktyorligi” yo‘nalishi 1 bosqich guruhi murabbiyi Ravshanbek Zunnunovlar ijarada yashovchi filial talabalarining yashash sharoiti hamda ijtimoiy ahvolini o‘rganish maqsadida ularning turar joylariga tashrif buyurdilar.

 

Tashrif davomida talabalarga amaldagi qonunchilik asosida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish tartibi borasida tushunchalar berildi. Yong‘in va texnika xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ko‘ngilsiz voqealarni oldini olish borasida yo‘riqnomalar berildi.

 

ЎзДСМИ Фарғона минтақавий филиали матбуот хизмати.