Wed. Dec 6th, 2023

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahar faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni muhokama etdi.

 

Shahar hokimi mutasaddilarga o‘z sohalari bo‘yicha festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun “Yo‘l haritalari” va harajatlar smetalarini ishlab chiqish, shaharda keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, kapital qurilish ishlarini olib borish, tarixiy obidalar, ziyorat ob’ektlari, mexmonxonalar va ovqatlanish muassasalarini tadbirga tayyorlash, aholi o‘rtasida festivalga tayyorgalik bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.