Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida O‘rda maydoni, turizm yo‘nalishlaridagi ko‘chalar, madaniy me’ros ob’ektlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, tarmoqlarni yangilash va ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Xususan “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/uz/docs/6137065) qaroriga asosan Qo‘qon shahrida elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, modernizasiya qilish va ta’mirlashga 10 milliard sum mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni paytda loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Ayni paytda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida mahallalarda va ijtimoiy ob’ektlarda eskirgan tayanchlar va elektr tarmoqlari yangilanmoqda. yuqori kuchlanishli transformatorlar qishki mavsumga shay holatga keltirilmoqda.