Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari faxriylari va yosh hodimlarining II-respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
Konferensiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, mutasaddilar bilan Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama etdi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ichki ishlar hodimlari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash va ijtimoiy himosini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berilib, sohada ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ijobiy tajribalar yuzasidan fikr almashildi.