Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahallalarda hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganib mavjud muammolarni hal etish chorlarini ko‘rmoqda. Xususan, 45-“Ashurali Zoxiriy” mahallasida hokim ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalar, o‘z ishini boshlash uchun imtiyozli kredit, subsidiya so‘rab murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot qildi. Temirchilik arteli, va tikuvchilik sexi uchun joy so‘rab murojaat qilgan qo‘lida hunaro bor fuqarolarning murojaati bo‘yicha mahalladagi foydalanilmayotgan binolar va yer maydonlaridan joy ajratiladigan bo‘ldi.

 

Shahar hokimi hokim yordamchilari aniqlagan yana bir qator muammolar yuzasidan ham fuqarolar murojaatlarini tinglab joyida hal etish chorlarini ko‘rdi. Marufjon Usmonov mahalladagi tashkil etilgan issiqxona bilan ham tanishib ushbu tajribani boshqa mahallalarda ham qo‘llash bo‘yicha tavsiya berdi.

 

Bugungi kunda Qo‘qon shahrida hokim yordamchilari o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirish ushbu maqsadda oilalarni zarur asbob-uskunalar va ish qurollari bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqdalar. Shu kunga qadar Qo‘qonda 1500 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilib, 200 ga yaqin yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.