Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga mahallalarda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shahar hokimi Prezident Xalq qabulxonasi va Qo‘qon shahar hokimining qabulida kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va hal etish, ehtiyojmand aholini ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu bilan bir qatorda, byudjet tushumlarini ta’minlash, noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, aholining yer-mulk solig‘idan bo‘lgan debitorlik qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.