Fri. Mar 29th, 2024

Yo‘llarni asfal’tlash, tungi yoritish tizimlari, oqova tarmoqlari, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar soliqlarni o‘z vaqtida to‘laydigan mahallalarda endi tezlik bilan hal etiladi. Fuqarolarning yer va mulk solig‘i uchun to‘layotgan mablag‘lari o‘zlarining mahallalaridagi ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilariga ushbu tushunchani keng aholi qatlamlariga yetkazish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, mehnat bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi tashabbusli byudjet tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning mohiyatini mahallalarda fuqarolarga yetkazish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.