Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri va mahalla mutasaddilari 1-“Davronbek” mahallasida yashaydigan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar xonadonida o‘tkazilgan iftorlik marosimida ishtirok etdi.

Shahar hokimi xonadon egasi bilan muloqot qilib mavjud muammo-masalalarni ham o‘rgandi.

Marosimda Qur’on tilovat qilinib, yurtga omonlik, xonadonga tinchlik-hotirjamlik, Yurtboshimizga sog‘liq-salomatlik tilab, duolar qilindi.