Sat. Jun 22nd, 2024

28-“Achiqko‘l” mahallasida ijtimoiy ro‘yhatda turadigan Temirovlar oilasi bugundan bedanachilik sohasida tadbirkorlik qilib, daromad topish imkoniga ega bo‘ladi. Mahalla raisi ushbu xonadonga bir necha daqiqa avval Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tomonidan subsidiya asosida, bepul topshirilgan bedanalarni ko‘paytirish uchun yetkazib berdi.

 

Shahar hokimi ehtiyojmand oilalarga, shu sohada tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga parrandalarni topshirar ekan, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan yangi tizim aholiga subsidiya va kredit asosida yangi daromad manbaiga ega bo‘lish va ijtimoiy holatini yaxshilash imkonini berayotganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Darhaqiqat bedanachilik sarmoyani tez oqlaydigan va tadbirkorlikni istalgan darajagacha rivojlantirish imkonini beradigan kamharajat soha.

 

Inkubatorda yetishtirilgan 8 000 ta bedana mahallarda o‘nlab yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini kambag‘allikdan chiqarish ezgu maqsadlarga xizmat qilishi kutilmoqda.