Mon. Mar 4th, 2024

Adabiyotshunoslar, yozuvchilar, tarixchilar, madaniyat xodimlari, talabalar va maktab o‘quvchilari, Charxiy ijodi ihlosmandlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Xalq shoiri, g‘azalxon “Yangi Farg‘ona” gazetasi va “Mushtum” jurnallarida ijod qilgan iqtidor sohibi yod etildi.

Charxiy ko‘p yillar davomida Muqimiy uy-muzeyida ishlab, uning ijodiy merosini asrab-avaylash va ajdolarga yetkazishga ham ulkan hissa qo‘shgan. 1942-1947-yillarda Qo‘qon teatrida, 1950-1979-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi viloyat adabiyot muzeyida ishlagan.

Shoirning “Shirin va achchiq”, “She’rlar”, “Alixo‘ja va Xo‘jali”, “Devon” she’riy to‘plamlari chop etilgan.