Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Fri. Sep 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov charm-poyabzal sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar bilan muloqot qilib, davlatimiz rahbari tomonidan charm-poyabzal sanoatidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida (https://president.uz/uz/lists/view/4930) e’tibor qaratilgan masalalarga to‘htalib o‘tdi.

 

✍️ Shahar hokimi hunarmandlarning takliflarini tinglab, xizmat ko‘rsatish shaxobchasi uchun joy ajratish, dastgoh sotib olish uchun kredit va subsidiyalar so‘rab qilingan murojaatlarni hal etish choralarini ko‘rdi.

 

Samimiy muloqot chog‘ida xalqaro hunarmandchilik va turizm shahri shaharsozlik konsepsiyasiga mos tushadigan kosibchilik do‘konlarining dizayni, sohada kasanachilik va kooperatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Click to listen highlighted text!