Tue. Feb 27th, 2024

Xususan, 7-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda buyuk bobokalonimiz me’rosini o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

Adabiy-badiiy tadbirda Alisher Navoiy she’rlariga bastalangan g‘azallar, bobokalonimiz hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilib, mavzuga doir bellashuv va viktorinalar o‘tkazildi.