Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilari, soliq idorasi, majburiy ijro byurosi mas’ullariga mahalliy byudjet tushumlarini ta’minlash, aholi o‘rtasida yer va mulk solig‘i, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorliklarini bartaraf etish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, aholi bilan hushmuomalada bo‘lish yuzasidan ko‘rsatmalar berdilar.
Ma’lumot uchun: 30-noyabr kuni mahalliy byudjetga 985 million so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushdi.