Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Ucmonov mutasaddilarga mahallalarda fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha tizimli ishlash, aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes, kasanachilik va hunarmandchilikka yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Shuningdek, shahar hokimi qariyalarga pensiyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqalar, bog‘cha va maktablarni faoliyati uchun zarur mablag‘lar manbai bo‘lgan byudjet tushumlarini ta’minlash, noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Er-mulk solig‘idan tushadigan mablag‘lar mahallalardagi yo‘llarni ta’mirlash, gaz,suv, elektr, kanalizasiya tarmoqlarini o‘tkazish va yangilashga sarflanishini aholiga tushuntirish lozim”- dedi Marufjon Usmonov.

Click to listen highlighted text!