Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Markaziy dehqon bozoridagi oziq-ovqat yarmarkasida aholiga yetkazib berilayotgan mahsulotlar assortimenti, sifati va narx-navolarini o‘rgandi.
Marufjon Usmonov tadbirkorlar va haridorlar bilan suhbatda bo‘lib, mutasaddilarga aholiga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning savdo rastalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Shahar hokimi tadbirkorlar nazorat kassa apparatlaridan foydalanishi va haridaorrlarga harid uchun chek berishi shart ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.