Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, ta’lim, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida mahallalarda ijtimoiy-siyosiy muhitni yanada yaxshilash, mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy jarayonlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonovlar ham kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar.