Thu. May 2nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan muxim siyosiy tadbir oldidan shahrimizni obod etish, oqshom paytlarida O‘rda maydonida hordiq chiqarayotgan hamshaharlarimizga qulaylik tug‘dirish maqsadida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

🌳 Shahar hokimi maysazorlar va gulzorlarga manzarali ekin va gullar ko‘chatlarini o‘tkazish, nosoz yo‘laklarni ta’mirlash, amfiteatr sahnasi qoplamasini tekislash, atrofidagi dekoratsiyalarni yangilash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.