Sat. Apr 20th, 2024

Bir asr avval mohir hunarmandlar tomonidan to‘qilgan mashxur Qorabog‘ gilami, Ozarbayjon ayollarining ipakdan to‘qilgan Qalog‘oy ro‘mollari – jami 20 ta ajoyib hunarmandchilik mahsulotlari Qo‘qon shahridagi Xalqaro hunarmandchiik muzeyidan joy oldi.

Ekspozitsiyaning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov noyob eksponatlarni tuhfa etgan Xaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi direktori Samir Abbosovga samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan marosimda Ozarbaydjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.

Samir Abbosov har bir eksponat haqida batafsil ma’lumot berib, Ozarbayjon va O‘zbek madaniyatlarining o‘xshashligi hususida to‘xtalib o‘tib, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan xalqaro hunarmandlar festivallarida ishtirok etgan Ozarbayjonlik hunarmand ustalar haqida ma’lumot berdi.

Yuzlab hunarmandchilki ihlosmandlarining tom katta qiziqishiga sabab bo‘lgan ekspozitsiya Qo‘qon xalqaro hunarmandchilik muzeyidan munosib o‘rin oldi.