Qo‘qon shahriga Kuytun shahar hokimi boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.
Qo‘qon shahar hokimligida ikki tomon rasmiylari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining tashabbuslari bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv chog‘ida Qo‘qon va Kuytun shaharlari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy, kooperatsiya sohasida munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Ishbilarmon doiralarning o‘zaro manffatli investision loyiharni rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi.
Kuytun shahar hokimi Altay Saken Qo‘qon shahar hokimiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik izhor etib, Marufjon Usmonovni Kuytun shahriga taklif etdi.
Uchrashuv so‘nggida Qo‘qon va Kuytun shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi memorandum imzolandi.