Bugun universitet talaba-yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Ayniqsa, talabalikka ilk qadam qo‘ygan yoshlar va ularning ota-onalarining quvonchi cheksiz.
Qo‘qon universitetiga yangi o‘quv yili bilan talabalarni qutlash uchun shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov tashrif buyurdi. Tantanali ochilish tadbirida so‘zga chiqib, barcha yoshlarni puxta bilim olish, talabalik fursatlarini unumli va mazmunli o‘tkazishga chorladi.
1-kurs talabalari uchun “Orientation week” treningiga start berildi. Talaba-yoshlar uch kun davomida universitetda ta’lim olish jarayoni, ECTS tizimi va LMS platformasidan foydalanish bo‘yicha barcha zarur bilimlarga ega bo‘ladilar.
Qo‘qon universiteti matbuot xizmati