Qishki mavsumda ijtimoiy ob’ektlarda mu’tadil haroratni ta’minlash maqsadida tuzilgan shtab a’zolari kuni kecha shtab rahbari Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida Qo‘qon tumanlararo perinatal markazi qozonxonasi bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berganlari haqida kecha oqshomda xabar qilgan edik.
Tunggi 02:00 da shtab a’zolari yana tibbiyot muassasasiga tashrif buyurib, qozonxonalar faoliyati, binolardagi haroratni tekshirdilar. Qozonxonada tabbiy gaz bosimi va binolardagi harorat talab darajasigacha ko‘tarilgani aniqlandi. Mas’ullarga ushbu haroratni saqlab turish, qozonxonada yoqilg‘i zahirasini yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.