Mon. Mar 4th, 2024

“Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari uchun tashkil etilgan media-tadbir doirasida Qo‘qon shahrining qadimgi tarixidan darak beruvchi “Mo‘yi muborak” ziyoratgohi, Dasturxonchi madrasasi, Jome’ majmuasi, Qo‘qon xonligining himoya qal’asi bo‘lgan Sariqo‘rg‘on qal’asi obyektlariga tashriflar amalga oshirildi.

Press-tur doirasida o‘tkazilgan Qo‘qoncha osh damlash bo‘yicha master klass va tansiq taomlar degustatsiyalari shahrimizning gastronomik turizm imkoniyatlarini namoyish etishga ham imkon berdi.