Fri. May 24th, 2024

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida shahar byudjetining 2022 yildagi ijrosi va 2023 yilga prognoz parametrlarini tasdiqlash, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, sessiyada Qo‘qon shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudirining hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola etildi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan keng muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.