Tue. May 14th, 2024

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 6-chaqiriq, 42-sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, shahar hokimining o‘rinbosarlari, sessiyadagi masalalarga aloqador boshqa rahbarlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

 

Sessiyada Qo‘qon shahar byudjetining 2021 yildagi ijrosi va 2022 yilga prognoz parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida Qo‘qon shahar moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Mansurxon Rasulovning hisoboti tinglandi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish
va aholi bandligini ta’minlash, “Temir daftar” dan chiqarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalr yuzasidan bir qator deputatlarning o‘zlarining savollari, takliflari va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.