Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahrining kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyiha. Aholi yashaydigan manzillarda yangi binolar qurish, me’moriy obidalarni ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha, maydon, transport yo‘llari, yer osti yo‘llari, oqova tizimlarini barpo etish rejasi aks etgan.

Qo‘qon shahrida qurilish ishlari, xususan, me’morlik, muhandislik, tibbiy, ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan qurish va loyihalash ishlari, aholi o‘sish darajasini hisobga olish va boshqa loyihalar Bosh rejaga bo‘ysundirilgan.

Qo‘qon shahrining 2010-2030 yillarga tasdiqlangan Bosh rejasida shahrimizning ko‘zda tutilgan taraqqiyoti, qayta tiklash ishlari, qurilishlarning muddatlari mujassamlangan.