Fri. Apr 19th, 2024

Kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha respublika ishchi guruhi tomonidan shahrimiz aholisini qishki mavsumdan betalofat o‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘l haritasi asosida amalga oshirilayotgan loyiha tabiiy gaz ta’minotida ko‘p yillardan beri mavjud bo‘lgan muammolarni hal etishga imkon beradi.

Qo‘qon shahar hokimi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari yangi loyihaga start berilishi munosabati bilan tashkil etilgan qurbonlik marosimida ishtirok etdilar.

Yurtga tinchlik, yurtboshimizga omonlik, hamyurtlarimiz qishki mavsumni muammolarsiz o‘tkazishlarini tilab duolar qilindi.

Ayni paytda 2,5 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoq qurilishi uchun quvurlar keltirildi va qurilish ishlari boshlandi. Mutaxassislar 25-dekabrga qadar tarmoqni foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqdalar.