Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan Qo‘qon shahrida aholining kommunal muammolarini hal etish maqsadida tashrif buyurgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘l haritasi asosida tortib kelingan yangi tarmoq katta hududda istiqomat qiladigan aholining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashga imkon beradi.
Bugun Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Alisher Navoiy mavzesi, sanoat bozorlari atrofidagi mahallalar, ja’mi 10 ta mahallaga boradigan yangi gaz tarmog‘i kalitini burab, yangi tarmoq orqali gaz yetkazib berilishiga start berdi.
Mutaxassislarning bergan ma’lumotiga ko‘ra 72 soat davomida tarmoqda gaz bosimi barqarorlashib, minglab aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi ko‘tariladi.
Qo‘qon shahri aholisi “Uzstrangaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJ rahbariyati va xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqda.