Tabiiy gaz ta’minotida muammolari bo‘lgan mahallalarga Qozog‘istondan keltirilgan ko‘mir arzon narxda yetkazib beriladi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar va yolg‘iz keksalarga sifatli ko‘mir bepul beriladi.
👉 Buning uchun fuqarolar mahalla mutasaddilariga murojaat etishlari lozim.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga kirib kelgan ko‘mirni tezlik bilan mahallalar va ijtimoiy ob’ektlarga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.