Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov “16-Degrezlik” mahallasidagi 11-maktab hududida qurilishi boshlangan sport-sog‘lomlashtirish markazi loyihasi bilan tanishdilar. O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi va Qo‘qon shahar hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida mini futbol, voleybol va basketbol uchun ochiq sport majmuasi quriladi. Mutasaddilar va mahalla aholisi ishtirokida Qur’on-tilovat, yurtga tinchlik-osoyishtalik tilab, qurbonlik qilindi.