51-“Zilol” mahallasida 4-sektor hududidagi xotin-qizlar faollari uchun Prezidentimizning “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga «oilabay» yondashuv tizimini joriy etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, hamda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha ma’lumot berilib, mavzu doirasida sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.