Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar bilan Yoshlar bog‘ini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha loyihalarni muhokama etdi.
Xususan, bog‘da endilikda sport mashg‘ulotlari uchun alohida maydon ajratiladi. Kort va stol tennisi, voleybol, basketbol, vorkaut maydonlari barpo etiladi.
Eskirgan attraksionlar o‘rniga zamonaviylari o‘rnatiladi. Bolalar uchun kichik qayiqlarda tabiatda sayr etadigan suv havzalari quriladi.
Marufjon Usmonov bog‘ hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, nosoz yo‘laklarni ta’mirlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.