Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, markaziy bank, ichki ishlar va bozorlar mutasaddilari bilan sanoat bozorlarida valyuta ayriboshlash shaxobchalarini tashkil etish masalalarini muhokama etdi.

 

Mutasaddilar Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan banklar vakillari ishtirokida valyuta shahobchalari uchun qulay joylarni ko‘zdan kechirdilar. Marufjon Usmonov mutasaddilarga qisqa vaqt ichida rasmiy valyuta ayriboshlash shaxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Ushbu shahobchalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi sanoat bozorlarida noqonuniy valyuta savdosi va firibgarlik jinoyatlariga chek qo‘yishi kutilmoqda.