Wed. Dec 6th, 2023


Yong‘in asoratlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya, harbiylar, barcha korxona, tashkilotlar, mahallalardan hasharchilar jalb etilgan.

Savdo rastalari demontaj qilinib, olib chiqib ketilmoqda. Obodonlashtirish ishlarida ishtirok etayotganlar uchun shu yerning o‘zida issiq ovqat tayyorlab berilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan olib borilishini nazorat qilmoqdalar.

Tunggi paytda hududda jamoat tartibini ta’minlashda ichki ishlar va milliy gvardiya xizmatchilari navbatchilik qilmoqdalar.