Sun. May 12th, 2024

II-Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida Qo‘qon shahridagi markaziy ko‘chalarni ko‘rkam holatga keltirish, reklama konstruksiyalarini tartibga keltirish maqsadida Qo‘qon shahrida ishchi guruh o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan ishlar natijasida reklama qonunchiliga mos kelmagan 400 taga yaqin avtomobil yo‘llari bo‘yidagi va yoritish tizimlari ustunlariga o‘rnatilgan reklama konstruksiyalari olib tashlandi. Tadbirkorlik sub’ektlari bilan reklama qonunchiligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.