Thu. Feb 9th, 2023

Qabulda Qo‘qon shahar hokimi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini hal etish choralarini ko‘rdi. Fuqarolar salomatligini tiklash, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorliklarini to‘lashda moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joy masalalari kun tartibidagi dolzarb masalalardan bo‘ldi. Tadbirkorlarning murojaatlari bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi Qo‘qon hokimining nazoratiga olindi. Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning murojaatlaridagi masalalar bo‘yicha mahalla mutasaddilari ham mas’ul etib belgilandi.