Thu. May 23rd, 2024

Madaniyat va turizm vazirligi, TURKSOY – Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov, TURKSOY tashkiloti nomida Vulkan Yeshinay, Qo‘qon Universiteti ta’sischisi Sang Djun Li so‘zga chiqib, festival’ ishtirokchilarini muborakbod etdilar.

Ayni daqiqalarda bir necha kun davomida festival’ tadbirlariga mezbonlik qilgan Qo‘qon universiteti bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Minglab hamshaharlarimiz nigohida, Xudoyorxon O‘rdasi oldidagi sahnada bo‘lib o‘tayotgan tadbir dasturidan turkiy tilli xalqlar ijrochilari ishtirokidagi konsert ham o‘rin olgan.

Tadbirni o‘nlab milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari yoritib bormoqdalar.